PS Cloud’dan 2025 yil yakunlari

Yil yakuni - ortga nazar tashlab, jadal mehnat natijalarini sarhisob qilish uchun qulay fursat. PS Cloud uchun 2025 yil faol rivojlanish, texnologik yangilanishlar va mahsulotlar qatorini kengaytirish yili bo‘ldi.

Tarmoq va infratuzilma

Yil davomida kompaniya tarmoq bazasini mustahkamlab, o‘tkazuvchanlik qobiliyatini sezilarli darajada oshirdi. UZTELECOM, TAS-IX va Sarkor bilan uplink-ulanishlar kengaytirildi, bu esa mijozlar uchun ma’lumot uzatish barqarorligi va tezligini oshirishga xizmat qildi.

Saytni yangilash

PS Cloud pscloud.uz rasmiy saytini to‘liq qayta ishga tushirdi. Platforma yangi dizayn va yangilangan arxitekturaga ega bo‘ldi, ro‘yxatdan o‘tish va xizmatlarga buyurtma berish jarayoni soddalashdi, interfeys esa endi o‘zbek va ingliz tillarida mavjud.

Telegram-bot

Foydalanuvchilar qulayligi uchun @psclouduzbot Telegram-boti ishga tushirildi. Uning yordamida mijozlar domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazishi, xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishi va messenjer orqali bevosita qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishi mumkin.

Yangi mahsulotlar va servislar

2025 yilda PS Cloud yechimlar portfeli sezilarli darajada kengaydi. Quyidagilar ishga tushirildi:

  • yuqori chastotali bulutli serverlar;
  • bulutli ma’lumotlar bazalari (DBaaS);
  • Kubernetes klasterlari (K8saaS);
  • obyektli ma’lumotlar ombori;
  • VMware asosidagi bulut;
  • serverlarni administratsiya qilish xizmatlari;
  • .COM va .ASIA zonalarida domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish.

IT-hamjamiyatni qo‘llab-quvvatlash

Tarmoqdagi hamkorlar bilan birgalikda PS Cloud jamoasi O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkazilgan DevOpsDays tadbirini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etdi hamda professional hamjamiyat rivojiga hissa qo‘shdi.

Kiberxavfsizlik

Kompaniya PCI DSS 4.0.1 standartining amaldagi versiyasiga muvofiqlik bo‘yicha auditdan muvaffaqiyatli o‘tdi va ma’lumotlar hamda jarayonlar yuqori darajada himoyalanganini tasdiqladi.

Mutaxassislar sertifikatsiyasi

Yil davomida jamoa ekspertlik bazasini kuchaytirdi:

  • Red Hat: +9 RHCSA, +3 RHCE, +2 RHCS;
  • Kubernetes: Kubestronaut darajasidagi 2 nafar mutaxassis (Butun Markaziy Osiyo bo‘yicha 11 nafardan);
  • Fortinet: +3 FCF, +2 FCA, +3 FCP, +2 FCSS.

PS Cloud kompaniyasida ta’kidlanishicha, mijozlar ishonchi rivojlanish uchun asosiy rag‘bat bo‘lib qolmoqda. Kompaniya foydalanuvchilarga hamkorlik uchun minnatdorlik bildiradi va yangi yilda yanada o‘sish, barqarorlik hamda texnologik aniqlikka intiladi.