O‘zbekistonning internet makoni yana bir muhim texnologik bosqichni bosib o‘tdi. Kompaniya aHOST Markaziy Osiyoda Google Registry tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri akkreditatsiya olgan birinchi registrar bo‘ldi. Endilikda Google domen zonalari bevosita, vositachilarsiz ro‘yxatdan o‘tkaziladi, bu esa xizmat sifatini yangi darajaga olib chiqadi va foydalanuvchilarga global texnologiyalar darajasidagi imkoniyatlarni taqdim etadi.
Akkreditatsiya Google Registry tomonidan tasdiqlangan
aHOST (SUVAN NET) maqomi Google Registry rasmiy saytida qayd etilgan. Akkreditatsiyadan o‘tgan kompaniyalar ro‘yxatini quyidagi havola orqali tekshirish mumkin: registry.google/register-a-domain.
aHOST abonentlari quyidagi Google domen zonalaridan foydalanishi mumkin:
- app, boo, channel, day, dev, how, new, page, meme, ing, rsvp, soy, みんな, foo, zip, mov, nexus, dad, phd, prof, esq.
Ommabop domen zonalari uchun narxlarning sezilarli pasayishi
To‘g‘ridan-to‘g‘ri akkreditatsiya tufayli aHOST Google’ning mashhur domen zonalariga juda qulay tariflarni taqdim eta oldi. .app, .how, .dev va .soy zonalarining narxi 40 foizgacha arzonlashtirildi. Bu yangi loyihalarni boshlashni osonlashtiradi va mavjud servislarni aHOST platformasida yanada qulay va texnologik qiladi.
Yangilangan narxlar startaplar, IT jamoalar, ta’lim loyihalari, kreativ studiyalar va zamonaviy texnologiyalar hamda yuqori xavfsizlikni qadrlaydigan kompaniyalar uchun ayni muddao.
Google domen zonalari va ularning qo‘llanilishi
- .app - 241000 so‘m. Ilovalar, servislar va raqamli mahsulotlar uchun.
- .boo - 172000 so‘m. Kreaktiv kampaniyalar va noodatiy loyihalar.
- .channel - 172000 so‘m. Video, striming va media loyihalar.
- .day - 172000 so‘m. Tadbirlar, sanalar va mavzuli loyihalar.
- .dev - 207000 so‘m. Dasturchilar uchun vositalar va IT servislar.
- .how - 345000 so‘m. O‘quv platformalari va qo‘llanmalar.
- .new - 6912000 so‘m. Yangi servislarni tez ishga tushirish uchun.
- .page - 172000 so‘m. Landing sahifalar va shaxsiy saytlar.
- .meme - 172000 so‘m. Hazil, memlar va onlayn jamoalar.
- .ing - 172000 so‘m. Kreaktiv brendlar va aktiv jarayonlar.
- .rsvp - 172000 so‘m. Taklifnomalar va ro‘yxatdan o‘tish sahifalari.
- .soy - 311000 so‘m. Madaniy va ijtimoiy loyihalar.
- .みんな - 95000 so‘m. Yapon tilidagi hamjamiyat va madaniy saytlar.
- .foo - 172000 so‘m. Test va eksperimental loyihalar.
- .zip - 172000 so‘m. Fayl servislar va bulutli vositalar.
- .mov - 172000 so‘m. Video studiyalar va kontent loyihalari.
- .nexus - 172000 so‘m. Innovatsion va raqamli infratuzilma.
- .dad - 172000 so‘m. Shaxsiy va oilaviy loyihalar.
- .phd - 345000 so‘m. Ilmiy tashabbuslar va tadqiqotlar.
- .prof - 345000 so‘m. Mutaxassislar portfeli va professional sahifalar.
- .esq - 345000 so‘м. Yuridik loyihalar va maslahatlar.
Muҳim: SSL majburiy
Google Registry domenlari faqat HTTPS orqali ishlaydi. HTTP butunlay o‘chirilgan - SSL sertifikatisiz sayt ochilmaydi.
aHOST platformasida SSL sertifikatlari хosting xaridi bilan avtomatik faollashtiriladi, bu esa maksimal xavfsizlikni va Google talablariga to‘liq moslikni ta’minlaydi.
aHOST Markaziy Osiyodagi domen infratuzilmasini rivojlantirishda muhim rol o‘ynamoqda va foydalanuvchilarga global darajadagi texnologiyalarni taqdim etmoqda.